Shoira Hayotxon Ortiqboyeva vafot etdi

    Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, ikki karra Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan Hayotxon Ortiqboyeva 79 yoshida vafot etdi.

    Hayotxon Ortiqboyeva koʻp yillardan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimiga rahbarlik qilgan. U “Sirdaryo haqiqati” gazetasida uzoq yillar boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.

    Shoiraning “Feruza oqshomlar”, “Koʻklam ertaklari”, “Humolari qaytgan yurt” kabi bir nechta kitoblari nashr etilgan.

    “Yuz.uz” jamoasi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.