Toshkent shahar Yunusobod tumani 271-maktabda shoir va ijodkor yoshlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirga filologiya fanlari nomzodi “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi sevimli bolalar shoiri Dilshod Rajab va taniqli shoir Shodmonqul Salom taklif etildi.
Suhbat oʻquvchilar tomonidan sahnalashtirilgan konsert dasturi bilan ochildi. Oʻquvchilar shoirning ijodidan koʻplab sheʼrlar yod oldilar. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga shoirdan samimiy javoblar va shu bilan birga kitob bilan doimo doʻst tutunib, uni kanda qilmay mutalaa qilishni, kitob oʻquvchilarni maʼnaviy dunyosini yorituvchi, ilmga chorlovchi moʻjiza ekanligi haqida tavsiyalar oldilar. Zero, shoir aytganlaridek, " Kitob — aql va qalb mevasidir”. Dilshod Rajab maktab kutubxonasiga oʻzining sheʼriy kitoblaridan taqdim etdi. Tadbir oʻquvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Maktablarimizda bu kabi maʼrifiy tadbirlarning koʻproq uyushtirilishi maqsadga muvofiqdir. Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarni rivojlantirish zarur. Chunki bizning yoshlarimiz tadbirlarda nafaqat tinglovchi, faol ishtirokchi boʻlishlari lozim.
Dilorom Saydaliyeva,
Yunusobod tumani 271-maktab
oliy toifali pedagog