Biz yoshullidan bir kunda qancha telpak sotgani-yu, qancha daromadli bo'lgani haqida so'radik.
Telpakchilarning ettinchi avlodi bo'lgan Shokir aka aytishicha, Xalqaro etnosport festivalining bir kunida 10 million so'm sof daromad qilgan.
– 43 yildan buyon “Ichan qal'a”da cho'girma sotib, tirikchilik qilamiz. Keyingi yillarda sayyohlar oqimi ko'paydi, shunga yarasha daromad ham ortib bormoqda, deydi SHokir aka.