Shols uzoq masofaga ucha oladigan raketalarni Germaniya hududida joylashtirish rejasini qo'llab-quvvatladi

    Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatda AQShning uzoq masofaga ucha oladigan Tomahawk raketalarini joylashtirish rejasini olqishladi.

    Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

    Sholsning ta'kidlashicha, bu qaror “uzoq vaqtdan beri tayyorlangan” va “xavfsizlik siyosati bilan shug'ullanadigan har bir kishi uchun ajablanarli emas”.

    Uning so'zlariga ko'ra, qaror Germaniya hukumatining xavfsizlik strategiyasiga to'liq mos keladi.

    Vashingtonda bo'lib o'tgan NATO sammiti chog'ida AQSh va Germaniya NATO bo'yicha sheriklarini himoya qilish maqsadida Germaniyada Tomahawk raketalarini joylashtirishga kelishib olgani ma'lum bo'ldi. Bu qanotli raketalar 2500 kilometrgacha masofaga uchishi mumkin va undan yerdagi nishonlarni yo'q qilishda foydalaniladi, deb xabar beradi korrespondent.net.