Sababi “Jenoa” hujumchisiga boʻlgan qiziqish borasidagi xabarlar tobora koʻpaydi.

Shomurodovga “Roma” tomonidan qiziqish boʻlayotganidan xabaringiz bor. Kun ora ushbu transfer atrofida maʼlumotlar uchrayopti. Bugun ham Italiya tomonlarida yuqoridagi kabi xabarlarning navbatdagisi yangradi.

iltempo.it nashri rimliklarning Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha qarori hali kuchida ekanligi va bu transfer qanchaga baholanayotgani borasida maʼlumot chiqardi. Yozilishicha, 26 yoshli Eldor Shomurodov “Roma” klubi rahbari va bosh direktori Tiago Pintoning eʼtiboriga tushgan.

Yuqoridagi manbaning maʼlum qilishicha, “Roma” allaqachon “Jenoa” bilan aloqa oʻrnatgan. Futbolchi taxminan 15 million yevroga baholanyapti. Shomurodovning koʻchib oʻtishi dastlab ijara asosida amalga oshirilishi va keyinchalik sotib olinishi mumkin, deb xabar beradi manba.