Xabarlarga koʻra, “Kalyari” Shomurodovni 9 million yevro evaziga keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi. Ijara summasi 1 million yevroni tashkil etadi.
Ijara muddati davomida Shomurodov maoshining yarmini “Roma” toʻlaydi. Agar hujumchi toʻlaqonli ravishda sardiniyaliklar safiga oʻtsa, 2027-yilgacha shartnoma imzolanadi.
Eslatib oʻtamiz, Shomurodov Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumida jami 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Men yangi sarguzashtlarga tayyorman. ”Kalyari“ga kelganimdan juda xursandman”, deya Shomurodovning soʻzlaridan iqtibos keltiradi Janluka Di Marsio.