Bu roʻyxatni yaponiyalik Syoya Nakadzima boshqarib bormoqda. Uni Qatarning “Duhayl” klubi “Portu”dan 35 million yevroga xarid qilgan.
Ikkinchi oʻrindan koreyalik Son Hyon Min joy olgan. “Tottenhem” 2015-yilda Son uchun “Bayer”ga 30 million yevro toʻlagan edi. Kuchli uchlikni yaponiyalik Xidetoshi Nakata egallab turibdi. U “Parma”dan “Roma”ga 28,4 million yevroga oʻtgan.
Eldor bu roʻyxatning toʻqqizinchi oʻrnidan joy oldi.