Italiya A seriyasi navbatdagi turida Rimning “Roma” klubi oʻz maydonida chempionat jadvalining oxirgi pogʻonasidan joy olib turgan “Salernitana”ni qabul qildi va soʻnggi daqiqalardagi gollari evaziga gʻalaba qozondi. Oʻyinning 22 daqiqasida Radovanovich mehmonlarni oldinga olib chiqqan edi. Bahs tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda Peres hamda Smolling toʻplar kiritib “Roma”ning gʻalabasini taʼminladi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov bu oʻyinda ham 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Ushbu gʻalabadan soʻng rimliklar ochkolarini 57taga yetkazdi va beshinchi oʻringa qaytdi.