Ushbu kompaniya tomonidan taqdim etilgan yangi formalarni namoyish qildi. Liboslar PUMA DryCELL maxsus texnologiyasida yaratilgan.
– Klubimiz dunyodagi etakchi sport brendlaridan — “Puma” bilan hamkorlik qila boshladi. Biz yangi mavsumda uy uchrashuvlarida kiyiladigan libosni namoyish qilamiz. U an'anaviy sariq rangda va turli geometrik shakllar bilan bezatilgan.
Klub bayonotida aytilishicha, yuqori texnologiyalar qo‘llanilgan ushbu forma sportchi badanidagi ortiqcha namliklarni tez tortib oladi va butun o‘yin davomida futbolchiga qulaylik berib turadi.