Shomurodovga “Lechche” qiziqmoqda

    “Roma” Еldor bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor

    O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rimning “Roma” klubi bilan 2026-yilga qadar shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor, albatta.

    Lekin o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida u ijara asosida “Spetsiya”ga berib yuborildi. Joriy yilda ham uning jamoada qolishi dargumon. Chunki Eldor bosh murabbiy Joze Mourinoning yangi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagan.

    Kuni kecha “RomaPress” Eldor Shomurodov taqdiri bo‘yicha yangi xabar e'lon qildi. Unda aytilishicha, o‘zbekistonlik futbolchiga “Lechche” klubi qiziqish bildirmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Rim klubi Eldor bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

    O‘tgan mavsum A Seriyada 16-o‘rinni egallagan lechcheliklar yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini Shomurodov bilan kuchaytirmoqchi. O‘tish transfer orqali amalga oshadimi yoki ijara asosidami, hozircha noma'lum.