Sho‘rchi tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

    Xavfsizlik 4 May 2021 1035

    Bugun, 4-may, soat 09:42da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani «Ozod» MFYda joylashgan «Ozod tex oil» MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.

    Voqyea joyiga zudlik bilan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:36da to‘liq bartaraf etilgan.

    Oqibatda 25 metr/kub dizel yoqilg‘i saqlash rezervuari ichidagi taxminan 2 metr/kub dizel yoqilg‘isi va rezervuar yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 2 ta 10 metr/kub va 1 ta 5 metr/kub yoqilg‘i saqlash rezervuarlari yong‘indan saqlanib qolingan.

    Yong‘in sababi shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan.

    Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro kuyish tan jaroxatini olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.