SHo'rchida “Neksiya-3” voyaga etmagan bolani urib ketdi

    Tashvishli xabar 24 May 2020 1832

    Joriy yilning 23 may kuni soat 13:00 larda, Surxondaryo viloyati, SHo'rchi tumani, “Bo'ston” M.F.Y. hududidan o'tuvchi mahalliy avtomobil` yo'lida haydovchi, 1992 y.t. S.X. “Neksiya-3” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, yo'lni belgilanmagan joyidan kesib o'tayotgan piyoda, voyaga etmagan, 2009 y.t. S.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

    Natijada, piyoda 11 yoshli S.T. og'ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan, deb xabar bermoqda

    O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

    Mazkur YTH yuzasidan SHo'rchi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Barcha haydovchilardan belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilishlarini, piyodalarga e'tiborli bo'lishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan yo'lni kesib o'tmasliklarini so'rab qolamiz.