“Boʻrilar”ni 2023-yilgi futbol mavsumida 2011-yil Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida yetarli darajada shov-shuvlarga sabab boʻlgan Aleksey Yevstafeyev boshqarib boradigan boʻldi. Unga oʻz vaqtida mohir hujumchi boʻlgan, oʻtgan mavsumda Yaypanning "Turon» jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Anvar Berdiyev yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Sherzod Kattayev ishlaydi.

Bosh menejer Shamil Yarulin jamoaning yangi murabbiylar shtabini klub xodimlariga va futbolchilarga tanishtirdi va jamoa oldiga 2023-yildagi maqsad va vazifalarni belgilab berdi.