Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi oshiriladi

    Energetika 2 Iyun 2021 1376

    “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida Gazni haydash sexi Siquv kompressor stansiyalari modernizatsiya qilish va 10-sonli Gaz haydash agregatini loyiha boʻyicha ishga tushirish ishlari amalga oshirilyapti.

    Loyihaviy hujjatlar “OʻzLITIneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqilgan.

    Ushbu loyihaga asosan uskunalar tender savdo tanlovlari asosida bosqichma-bosqich tayyorlab yetkazib berilyapti. Xususan, Ukrainaning “Sumskoye NPO”, Rossiyaning “KMPO Motor Corp GmbH”, “Elektrostandart-pribor”, Shveysariyaning “Endress+Hauser” va boshqa chet el zavodlarida ishlab chiqarilayotgan uskunalarni import asosida xarid qilish koʻzda tutilgan 11 ta xorijiy shartnomalar tuzilgan.

    Ayni paytda Siquv kompressor stansiyasining bir nechta ichki qismlari, boshqaruv klapanlari va oʻlchov va avtomatika uskunalari, past kuchlanishli elektr uskunalari, 3 dona filtr-separator jihozlari va 10-sonli Gaz haydash agregati, 1/2,4,5,6-sonli havo yordamida sovutish apparati qurilish montaj ishlari yakunlanyapti.

    Ukrainaning “Sumskoye NPO” MCHJ vakillari ishtirokida Siquv kompressori stansiyasining 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sonli Gaz haydash agregatlarining mavjud kompressorlarining ichki qismi(SPCH) almashtirildi. Rossiyaning “KMPO Motor Corp GmbH” kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda 10-sonli Gaz haydash agregatini ishga tushirish ishlari amalga oshirilyatpi.

    Bugungi kunda bosh pudratchi “Muborakneftgazmontaj” AJ tomonidan agregatdagi “NK-16STD” rusumli gazoturbinali dvigatellarni, gaz haydash agregatlarini kirishiga 3 dona filtr-separatorlarni montaj qilib ishga tushirish choralari koʻrilyapti. Shuningdek, loyiha doirasida agregatlarni chiqishiga 4-,5-, 6-sonli havo yordamida sovutish apparati, 203 dona ZRAlarni oʻrnatish, boshqaruv klapanlari va oʻlchov va avtomatika uskunalari, past kuchlanishli elektr uskunalari qurish-montaj ishlari olib borilyapti.

    Ushbu loyiha doirasida Siquv kompressor stansiyalarining modernizatsiya qilinishi va 10-sonli Gaz haydash agregatining ishga tushirilishi, tabiiy gaz bosimini koʻtarib propan-butan aralashmasini ajratib olish 5-navbatlarining barqaror ishlashini taʼminlash koʻzda tutilgan. Bugunga qadar 6 ta ana shunday gaz haydash agregatlarida modernizatsiya qilish ishlari yakuniga yetkazildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun: Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani hududida joylashgan boʻlib, 1980-yilda ishga tushirilgan. Gaz haydash sexi 8,9 sonli siquv kompressor stansiyalari 2013-yilda ishga tushirilgan boʻlib, yiliga 15 milliard kub/metr tabiiy gazni haydab berish quvvatiga ega.