“Shovotlandiya-1” kafesida yongʻin sodir boʻldi

    Tashvishli xabar 27 Fevral 2021 2448

    2021-yil 27-fevral soat 03:51da Chilonzor tumani, “Sharq” MFY, Guliston koʻchasi 9A-uy manzilida joylashgan “Shovotlandiya-1” MCHJ kafesida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

    Voqea joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilib, birinchi boʻlinmalar chaqiruv manziliga soat 03:54 da yetib borgan. Soat 04:11 da yongʻin qurshab olinib, soat 04:37 da toʻliq bartaraf etilgan.

    Yongʻin oqibatida kafening tom qismi hamda ichki jihozlari 150 kv.m. maydoni yonib jiddiy zararlangan. Achinarlisi yongʻin oqibatida jabrlanganlar mavjud.

    Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura, Sogʻliqni saqlash va kommunal xizmatlar mutaxassislari, IIB tezkor-tergov guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

    Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Voqea yuzasidan vakolatli organlar tomonidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

    IIV Axborot xizmati