“Biz ishonamizki, ba'zi kuchlarning, jumladan, AQShning dunyoda hukmronlik davri tugadi va Eron va Rossiyaning ko'p qutbli dunyoni mustahkamlash yo'lidagi hamkorligi, albatta, global xavfsizlikni mustahkamlashga olib keladi”, dedi Pezeshkiyon uchrashuv chog'ida.
O'z navbatida, Shoygu Eronni Moskvaning mintaqadagi asosiy strategik ittifoqchilaridan biri deb atadi, u bilan aloqalar barcha mumkin bo'lgan sohalarda rivojlanmoqda.
5-avgust kuni Shoygu Eron poytaxtiga yetib keldi. Rossiya Xavfsizlik kengashiga ko'ra, bo'lajak ikki tomonlama muzokaralarning asosiy mavzulari xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, qo'shma savdo-iqtisodiy loyihalar, shuningdek, global va mintaqaviy xavfsizlikdir, deb xabar beradi lenta.ru.