Shoygu rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

    Dolzarb 28 Aprel 2021 1429

    28-aprelda Rossiya Qurolli kuchlari rahbari O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokara olib boradi.

    Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. U bu yerda 28-aprelda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokara olib boradi. Muzokaralar Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

    «Ikki mamlakat qurolli kuchlari rahbarlari xalqaro va mintaqaviy

    xavfsizlik muammolarini, shuningdek ikki tomonlama dolzarb harbiy va harbiy-texnik masalalarni muhokama qiladi», — deyiladi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabarida.

    Shoygu O‘zbekistonga Tojikistondan keldi. U yerda seshanba kuni Kollektiv xafsizlik shartnomasi tashkiloti(KXShT)ga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan va Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan ikki tomonlama muzokara olib borgan, deb xabar beradi TASS.