Koʻrgazmaning ochilishida liboslar atrofidagi davra suhbatlarida taʼkidlanganidek, dizaynerlar oʻzlarini ifoda etishdan, izlanishdan va tadqiqotlardan oʻy-xayolni gavdalantirishdan qoʻrqmaydigan ijodiy odamlardir. Ular ixtiro qiladilar, ajablantiradilar, zavqlantiradilar. Zamonaviy oʻzbek modasi, nazokatli, maftunkor sharqona ranglar milliylikni ifoda etadi. Koʻrgazmada anʼanaviy oʻzbek matolariga yangi ranglar bilan jilvalanishi, milliy kashtachilik elementlaridan foydalanishlari uchun mahoratli modelyerlarimiz jalb etilgan.
Koʻrgazmada liboslarga qoʻyilgan matnlar sara ijod namunalari toʻgʻrisidagi tasavvurimizni yanada boyitadi.
Koʻrgazma joriy yilning 3-apreliga qadar davom etadi.
Hasan Abdunazarov