Qayd etilishicha, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Vadim Anoxin bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq yarim finalda qozogʻistonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchini oʻrin bilan yakunladi.








