Fojia 4-sentabr oqshomida Ella shahridan katta yo'lda sodir bo'lgan. Avtobus katta yo'ldan chiqib, taxminan 150 metr chuqurlikdagi qoyadan tushib ketgan.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, avtobusda haydovchi bilan birga 30 nafar yo'lovchi bo'lgan. Halok bo'lganlar orasida orol bo'ylab sayohatdan qaytayotgan Tangalle kurort shahri shahar kengashi a'zolari ham bor.
Hodisa sabablari o'rganilmoqda, deb xabar berdi tass.ru.









