Shri-Lankada denge isitmasi avj olmoqda

    Shri-Lanka orolida 2023-yilning dastlabki 11 oyida 77 487 nafar odamda denge isitmasi qayd etilgan.

    Ushbu kasallikka qarshi kurash milliy agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bu so'nggi uch yildagi eng yuqori ko'rsatkichdir.

    Hayotdan ko'z yumganlar soni 46 kishini tashkil etdi. Eng ko'p zarar ko'rgan hudud mamlakatdagi G'arbiy viloyat bo'ldi – bu orolning aholi eng zich joylashgan qismi. Ushbu kasallik bilan bog'liq barcha holatlarning yarmi mazkur hudud hissasiga to'g'ri keladi (36,2 mingta holat).

    Mutaxassislar denge isitmasiga chalinganlar soni oshayotganini qayd etishdi. 2020-yilda Shri-Lankada 31 139 ta, 2021-yilda 35 054 ta, 2022-yilda 76 467 ta holat qayd etilgan, deb xabar beradi mir24.tv.