Shri-Lankada poyezd fillar podasi bilan to'qnashib ketdi

    Shri-Lanka sharqida neft sisternalarini olib ketayotgan poyezd yovvoyi fillar podasi bilan to'qnashib ketdi.

    Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.

    Hodisa juma kuni erta tongda Sharqiy viloyatdagi Battikaloa – Kolombo yo'nalishida sodir bo'ldi. To'qnashuv oqibatida ikkita fil halok bo'ldi, bir qancha hayvon jarohatlandi. Lokomotiv va to'rtta neft sisternasi relsdan chiqib ketdi, ulardan ikkitasi ag'darilib ketdi. Poyezdlar harakati to'xtatildi va halokat oqibatlarini bartaraf etishga bir necha kun kerak bo'ladi.

    Shri-Lankada fillar muqaddas hisoblanib, qonun bilan himoyalangan bo'lsa-da, mamlakatda har yili 200 ga yaqin fillar, asosan, poyezdlar bilan to'qnashuvlar va o'z yerlarini hayvonlar hujumidan himoya qiladigan fermerlar tomonidan o'ldirilishi oqibatida nobud bo'ladi. Hayvonlar yashaydigan joylar yaqinida qurilgan uylarga fillarning hujum qilishi oqibatida har yili 50 nafarga yaqin shri-lankalik halok bo'ladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Shri-Lankadagi fillar soni 7 mingga yaqin, deb xabar beradi report.az.