Shri-Lankada poyga avtomashinasi boshqaruvni yo'qotib, tomoshabinlarni urib yubordi

    Shri-Lankadagi avtopoygada avtomashina trassadan chiqib ketdi va tomoshabinlarni urib yubordi, oqibatda 7 kishi hayotdan ko'z yumdi, 21 kishi jarohatlandi.

    Bu haqda Shri-Lankaning Newsfirst portali xabar berdi.

    Baxtsiz hodisa oroldagi sobiq harbiy garnizoni hududida o'tkaziladigan Fox Hill Super Cross musobaqasida sodir bo'ldi. Mazkur musobaqa mahalliy aholi orasida mashhur. Bu yil musobaqani tomosha qilish uchun 100 mingdan ortiq kishi keldi.

    Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, musobaqada ishtirok etayotgan avtomashinalardan birining haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, tomoshabinlarni urib yuborgan. Vafot etganlar orasida bolalar ham bor, deb xabar beradi tass.ru.

    Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan. Ulardan to'rt nafari og'ir ahvolda.