Uning taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Olmaliq shahri A.Qahhor mahalla fuqarolar yigʻini hududida tabiiy gaz bosimi tushib ketishi natijasida 11 ta koʻp qavatli uylardagi 744 ta xonadonga tabiiy gaz yetib borishi toʻxtab qolgan. Mazkur holatga yechim topish maqsadida avariya-tiklash xizmati jalb etilgan.
Shuningdek, Ohangaron, Yangiyoʻl shahar, Boʻstonliq, Boʻka, Yangiyoʻl, Oqqoʻrgʻon, Yuqori Chirchiq, Chinoz, Oʻrta Chirchiq, Piskent, Parkent, Toshkent hamda Zangiota tumanlaridagi 220 ta mahalla fuqarolar yigʻinidagi jami 40 ming 473 ta xonadonda kuzatilgan tabiiy gaz taʼminotidagi muammolarni tezkorlikda hal etish maqsadida avariya guruhi hamda chilangarlar ish olib borishgan.
Viloyatda faoliyat koʻrsatuvchi avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlari oʻrganilganda, Boʻka, Quyi Chirchiq, Boʻstonliq, Ohangaron, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Toshkent, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz va Bekobod tumanlari hamda Olmaliq, Chirchiq, Ohangaron, Yangiyoʻl va Nurafshon shaharlarida joylardagi gaz quyish shoxobchalari ishlamaganligi sababli avtobuslar qatnovi toʻxtagani aniqlangan.
Jumladan, ishchi guruh tomonidan gaz quyish shoxobchalarida grafik asosida yoʻnalishli jamoat transport vositalari uchun xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish choralari koʻrilmoqda.