Mutaxassisning qayd etishicha, Ikki kun Toshkentda G3 darajaga ega 5 ballik magnit boʻronlari kuzatiladi. Buni ob-havo oʻzgarishlariga taʼsirchan, qon-bosim, nerv-asab kasalliklarga ega kishilar yaqqol sezadi.

Bugun va ertaga kechasi magnit boʻronlari oʻzining passivroq holatiga qaytadi.

Magnit boʻroning G3 darajadagi yuqori faolligi kun davomida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va koʻkat mahsulotlarini kiritish, isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Magnit boʻronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz ogʻrish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda koʻproq oʻtirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oraligʻida yuqoridagi omilni oʻzida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zoʻriqish tavsiya etilmaydi.