Ular narkotik uchun oyiga oʻrtacha 20-25 million soʻm sarflayapti. Giyohvand mablagʻ topish ilinjida jinoyatga qoʻl urishi tabiiy. Oʻtgan yili respublika boʻyicha 64 nafar shaxs giyohvand modda taʼsirida jinoyat qilgan, uning uchtadan bittasi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi.

Shu yildan boshlab narko ekspress-testlardan ommaviy foydalanishga oʻtilishi belgilandi.

Giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida rahbarning alohida oʻrinbosari boʻladi.

Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining oʻrinbosarlaridan biri bu yoʻnalishga masʼul etib belgilanadi.

Giyohvandlarni davolashga eng kamida toʻrt oy vaqt talab etiladi. Mutasaddilarga xususiy sheriklik asosida aholiga narkologik xizmat koʻrsatish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.