Shu yili 10 ta yangi xalqaro avtobus yoʻnalishini ochilishi kutilmoqda

    Joriy yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yoʻnalishini ochish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligining rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

    Bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga 37 ta yoʻnalish boʻyicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

    2024-yil yanvar aprel oylari davomida xalqaro avtobus yoʻnalishlarida 173 ming nafar yoʻlovchi tashilgan. Koʻrsatkichlar, 2023-yil mos davriga nisbatan 15% oshgan.

    2024-yil davomida 10 ta yangi xalqaro avtobus yoʻnalishlarini ochilishi rejalashtirilgan.

    Bular, Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shaxrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar.