баннер
6 May 2025
02:56

    Shu yilning 1-sentabridan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti boʻladi

    Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, 2025-yil 1-sentyabrdan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi.

    Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

    Shuningdek, koʻp kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yertoʻlalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda koʻp kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga oʻzgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy taʼsir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

    2025-yil 1-iyuldan:

    • barcha ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan oʻtkaziladi;
    • bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;
    • tajriba-sinov tariqasida 2025-yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga yangidan quriladigan obyektlarga videokameralar oʻrnatiladi;
    • qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech