Jizzax viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tadbirda “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “ISUZU” toʻxtatilib, avtomashina yukxonasi tekshirilganda nomaʼlum hayvonga tegishli jami 1 ming 200 kg. goʻsht mahsuloti borligi aniqlandi.
Ushbu goʻsht Samarqand viloyatidan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotgani maʼlum qilingan.
Goʻsht mahsulotining isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlashtirish uchun vaqtincha muzxonaga joylashtirildi.