Mazkur ijro hujjati, Majburiy ijro byurosi Shoʻmanoy tumani boʻlimi ish yurituviga joriy yilning 22-fevral kuni kelib tushgan va shu kunning oʻzida ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, dastlab, tomonlar qaror bilan tanishtirilgan va sud buyrugʻida belgilangan talablarni ijro qilish uchun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, ushbu berilgan muddat oraligʻida talablar bajarilmaganligi sababli, qarzdor korxonaning barcha bank hisob-raqamlariga band solinib, balansidagi mol-mulklari tegishli tartibda xatlovga olingan.

Natijada, joriy yilning 1-mart kuni jami 155 mln. 418,5 ming soʻm belgilangan ish haqi va ustamalar bilan boji puli undirilib, tegishli tartibda undiruvchilarning plastik kartalariga toʻligʻi bilan oʻtkazib berilgan hamda ijro hujjati amalda bajarilganligi bois tamomlangan.