Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Nodirbek Joʻraqoʻziyev Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik, madaniy-maʼrifiy hamda ilmiy aloqalarni rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun Qozogʻiston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev imzosi bilan Qozogʻiston xalqlar assambleyasining “Birlik” oltin medali bilan taqdirlandi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Dilnoz Roʻziyeva Rossiya Federatsiyasi Belgorod davlat universitetining Oʻzbekistondagi elchisi faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Endilikda olima pedagogika yoʻnalishida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshadi.