Shvetsiya poytaxti ustidan “olovli shar” uchib o'tdi

    Shvetsiya poytaxti ustidan “olovli shar” uchib o'tdi, keyin esa Boltiq dengizi ustida portladi.

    Bu haqda Sweden Herald gazetasi xabar bermoqda.

    Noodatiy hodisa Stokgolmning shimoliy qismida kuzatilgan. Keyin “olovli shar” Shvetsiya havo bo'shlig'ini tark etdi va Finlyandiyaga tegishli Aland orollari ustiga tushdi. Tez orada kuchli portlash ovozi eshitildi.

    Uppsala universiteti astronomi Erik Stempelsning so'zlariga ko'ra, “olovli shar” katta ehtimol bilan bolid bo'lgan – taxminan 30 kilometr balandlikda atmosferada yorqin chaqnagan meteor, deb xabar beradi report.az.