Mazkur parvoz Oʻzbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining oʻzaro muvofiqlashtirilgan hamkorligi hamda diplomatik aloqalarning kengaygani samarasi oʻlaroq tashkil etildi.
Maʼlum qilinishicha, vatandoshlarimiz Shvetsiya hududiga kirish va u yerda boʻlish tartib-qoidalarini buzgan holda migratsiya qonunchiligi talablariga rioya etmasdan yurgan. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Yevropa mamlakatlari bilan migratsiya siyosati va konsullik xizmati koʻrsatish sohasida hamkorlikni izchil rivojlantirib borayotgani bu kabi masalalarni qonuniy hal etish imkonini bermoqda.
Toshkent aeroportida yoʻlovchilarni Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari kutib oldi. Vatanga qaytarilgan fuqarolar qiyin vaziyatda koʻrsatilgan amaliy yordam va qoʻllab-quvvatlash uchun mamlakat rahbariyatiga oʻz minnatdorliklarini bildirdilar.
Bu kabi chora-tadbirlar Oʻzbekistonning xorijdagi fuqarolari manfaatlarini xalqaro meʼyorlar asosida himoya qilishga qaratilgan izchil siyosatining bir qismidir. Shu bilan birga, mutasaddi idoralar tomonidan xorijga ketayotgan fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish va migratsiya rejimi buzilishining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.