Taklifga ko'ra, mamlakat aholisi 2050-yildan keyin 10 million kishidan oshmasligi kerak. Bu ko'rsatkich faqat yangi tug'ilgan chaqaloqlarning ko'pligi tufayli oshishi mumkin.

Agar taklif qabul qilinsa va Shveytsariya aholisi belgilangan sanaga borib 9,5 milliondan oshsa, rasmiylar “aholi sonining o'sishiga hissa qo'shadigan xalqaro shartnomalarni qayta ko'rib chiqishga” majbur bo'lishadi. Avvalo, bu qochqinlarga boshpana berish va oila a'zolarini Shveytsariyaga ko'chirish to'g'risidagi shartnomalarga taalluqli bo'ladi. Agar bu choralar yetarli bo'lmasa, Yevropa Ittifoqi bilan erkin harakatlanish to'g'risidagi shartnoma bekor qilinishi kerak bo'ladi.

Shveytsariya parlamenti a'zolarining aksariyati bu tashabbus “hech qanday muammolarni hal qilmaydi, balki yangi muammolarni yaratadi”, deb hisoblashadi. Tashabbus tarafdorlari buni migratsiyani nazorat qilishning “oqilona vositasi” deb hisoblashadi. Hozirda Shveytsariya aholisi taxminan 9 million kishini tashkil qiladi, deb xabar berdi oz.inform.kz.