Joriy yil 7-aprel kuni Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligida Shveysariyaning Favqulodda va muxtor elchisi Olive Shav boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda loyihani muvofiqlashtiruvchi tashkilot – Helvetas Swiss Intercooperation kompaniyasining mintaqaviy direktori Anna de Bir ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Helvetas Swiss Intercooperation – mustaqil tashkilot bo‘lib, 1995 yilda rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. Hozirgi kunda u dunyodagi 32 ta mamlakat aholisi turmush farovonligini yuksaltirishga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqda.









