“Sputnik V“ koronavirusiga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqishda odam adenovirusining 2ta vektoridan foydalanish - bu vektorlarga qarshi immunitet mavjudligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan muammolarni hal qilish imkoni beradi, bu esa vaksinaning samaradorligini oshiradi, deb yozilgan Credit Suisse kompaniyasi tahliliy hisobotida. RIA Novosti xabariga asosan.
Gamaleya markazi, Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi vakillari va Shveysariyaning eng yirik moliyaviy kompaniyalardan (konglomerat) biri - Credit Suisse tahlilchilari guruhi oʻrtasida emlashning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi boʻyicha muzokaralardan soʻng hisobot eʼlon qilindi.
“Odamning virusli texnologiyalaridan foydalanilganligi borasidagi ochiq munozaralar bizni ilhomlantirdi va bizning fikrimizcha, vaksina samaradorligining 92% AstraZeneca vaksinasi prognozlariga nisbatan ijobiy omil boʻlib, u haqda maʼlumotlar ehtimol dekabr oyining boshlarida kutilmoqda. Ammo shuni taʼkidlashimiz kerakki, AstraZeneca shimpanze adenovirus vektoridan foydalanadi, “Sputnik” esa har xil ikkita odam adenovirusi vektorlaridan foydalanadi”, - deyilgan hisobotda.
Credit Suisse tahlilchilarining taʼkidlashicha, Gamaleya markazining “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishga boʻlgan yondashuv J&J va CanSino tomonidan oʻz vaksinalarini ishlab chiqishda qoʻllanilgan uslubga oʻxshaydi - barcha holatda kompaniyalar adenovirus vektorlardan foydalanadilar.
“Ammo “Sputnik”ning asosiy farqi shundaki, vaksinaning birinchi (rAd5) va ikkinchi (rAd26) dozalari uchun ikkita turli xil adenovirus vektor ishlatiladi. Bu bu inson vektorlariga nisbatan oldindan immunitet mavjudligi bilan bogʻliq muammolarni yengishga imkon beradi”, - deb taʼkidlashdi Credit Suisse tahlilchilari.
Hisobotda taʼkidlanishicha, muzokaralar davomida emlashning qisqa taʼsir davomiyligi masalasi koʻtarilgan, bu grippga qarshi emlashlar bilan taqqoslangan, ularda ham adenovirus vektorlar qoʻllaniladi va ularning taʼsiri 3-6 oydan oshmaydi. “Ammo munozara ishtirokchilarining fikriga koʻra, birinchi ukoldan keyin vaksina taʼsiri 10 baravar, ikkinchisidan keyin - ikki baravar koʻp”, - deb takidlashdi hisobot mualliflari.
Bundan avval, RFda oʻtkazilgan tadqiqotlarning uchinchi bosqichi maʼlumotlarini birinchi oraliq tahlili paytida koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining samaradorligi 92 %ni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
"“Sputnik V” vaksinasining samaradorligi 92% ni tashkil etdi (hisoblash platsebo guruhidagi 20ta tasdiqlangan holatlarni taqsimlash va vaksinani olgan guruh maʼlumotlari asosida oʻtkazilgan)", deyiladi xabarda.
Samaradorlik koʻngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun oʻtgach, birinchi oraliq maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.
Avgust oyida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani roʻyxatdan oʻtkazdi. Unga “Sputnik V” nomi berilgan. Preparat uch hafta oraligʻida ikkita komponentni kiritishni oʻz ichiga oladi.