Missiya davomida kredit, bozor va boshqa risklar uchun stress-testining joriy tizimi tahlil etilib, banklarning turli xil shoklarga bardoshliligi baholandi.
Shu bilan birga, Shveysariya Markaziy bankining faoliyati va boshqa ilgʻor tajribalarga asoslangan holda kredit, foiz hamda foizsiz risklar boʻyicha modellar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida xalqaro ekspertning taqdim etgan tavsiyalari risklarni boshqarish hamda stress-testni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanib, kelgusida tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.