Shveysariya muzliklari ikki yil ichida 10 foizga qisqardi

    Shveysariya muzliklari tez sur'atlar bilan erimoqda. So'nggi ikki yil ichida 10 foizga kamaydi.

    2022-yilda Shveytsariyadagi muzliklar o'z hajmining 6 foizini, 2023-yilda esa 4 foizni yo'qotdi. Ilgari muzliklarning 2 foizga qisqarishi ekstremal deb hisoblangan, deydi ekspertlar.

    “Muzliklarning erishi butun Shveysariyaga ta'sir qildi. U janubiy Vale va Engadin vodiysida 3200 metrdan yuqori balandlikda qayd etilgan, ularda yaqin vaqtgacha muzliklar qisqarmagan”, — deyiladi xabarda.

    Olimlar muzlarning erishini yozda yuqori harorat, qishda esa yog'ingarchilikning kam kuzatilayotgani bilan bog'lashmoqda. Copernicusning sun'iy yo'ldosh monitoringiga ko'ra, Yevropada 2022-yil yozi 1991-yildan buyon eng issiq yoz bo'ldi.

    Avvalroq Avstriya akademiyasi global isish tufayli Alp tog'larining sharqiy qismidagi muzliklar 2050-yilga kelib deyarli butunlay yo'q bo'lib ketishini bashorat qilgan edi. Muz qoldiqlari faqat yuqori balandlikdagi soyali yoriqlarda saqlanib qolishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, muzliklarning erishi tufayli ko'chki va suv toshqinlari xavfi ortadi, deb xabar beradi mir24.tv.