Shveysariya: suv toshqini va ko'chki oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi

    SHveysariyaning Graubyunden kantonida kuchli yomg'ir tufayli yuz bergan suv toshqini va ko'chki oqibatida ikki kishi halok bo'ldi, kamida bir kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda Neue Zurcher gazetasi ma'lum qildi.

    O'tgan haftada Graubyundenning to'rt nafar fuqarosi bedarak yo'qolgan edi. Shundan so'ng u yerda bir erkak va ayolning jasadi topildi, yana bir ayol esa tog'lardagi vayronalar ostidan tirik holda topildi. U jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi. Bir kishi hamon bedarak yo'qolganlar ro'yxatida.

    Kantonning bir necha o'nlab aholisi uylaridan evakuatsiya qilindi. Alp tog'laridagi Mezokko vodiysi suv toshqinidan eng ko'p zarar ko'rdi, deb xabar beradi report.az.