Shveysariya va Belgiya karantindan voz kechishni boshlaydi

    Belgiya karantin cheklovlarini bekor qilishni boshlaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Aleksandr de Kro maʼlum qildi. Rasmiylar avvalambor Yevropa Ittifoqi boʻylab sayohat qilish uchun chegaralarni ochib berishni vaʼda qilmoqda, deb xabar beradi Euronews telekanali.

    Ixtiyoriy sayohatlarga taqiq yakshanba kuni kechqurun bekor qilinadi. Ushbu taqiq oʻrniga, koronavirus uchun testning mavjudligi va kelishilgan asosda karantinga muvofiqligi ustidan qatʼiy nazorat joriy etiladi.

    “Aprel oyining oxirida Belgiya hukumati sartaroshxonalar, goʻzallik salonlari va doʻkonlar faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilmoqchi va 8-may kuni kafe va restoranlar ochilishi kutilmoqda”, — dedi Aleksandr De Kro.

    Shveysariya hukumati, shuningdek, sanitariya cheklovlarini bekor qilishning yangi bosqichini eʼlon qildi. Keyingi haftadan boshlab konfederatsiya ommaviy tadbirlarni oʻtkazishi, stadionlar, kinoteatrlar va teatrlar tomoshabinlarni qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, restoranlarning koʻchaga qaragan ayvonlari ishga tushadi.

    Shveysariya hukumatining bayonotida mamlakatda epidemiologik vaziyat qiyinligicha qolayotgani, shu sababli karantin choralari masalasi COVID-19 ni davolaydigan kasalxonalarning ish yukini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi mumkinligi aytiladi.