Bu haqda dori vositasini ishlab chiqqan Novartis kompaniyasi press-relizida ma'lum qilindi.
Dori Coartem Baby, shuningdek, ba'zi mamlakatlar bozorlari uchun Riamet Baby deb nomlangan. Dori samaradorligi va xavfsizligini baholashda Afrikaning sakkiz mamlakati vakillari ham ishtirok etdi va tez orada litsenziyalash jarayoni yakunlanishi kutilmoqda. Dori vositasi notijorat asosda tarqatiladi.
Kompaniyaning tushuntirishicha, shu paytgacha vazni 4,5 kilogrammdan kam bo'lgan chaqaloqlarda bezgakni davolash uchun dori vositalari yo'q edi (bu diapazonga ko'pchilik yangi tug'ilgan chaqaloqlar kiradi), aksincha, ular katta yoki kattaroq bolalar uchun dori vositalari bilan davolangan, bu esa dozani oshirib yuborish va zaharlanish xavfini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, chaqaloqlar uchun bezgakka qarshi vaksinalar hali mavjud emas. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda 260 milliondan ortiq odam bezgak bilan kasallangan, deyarli 600 ming kishi hayotdan ko'z yumgan, bu holatlarning barchasi Afrika mamlakatlarida sodir bo'lgan. O'lganlar orasida 5 yoshgacha bo'lgan bolalar ulushi taxminan to'rtdan uch qismini tashkil qiladi, deb xabar beradi tass.ru.








