Shveysariyada bronza davriga oid xazina topildi

    Shveysariyalik arxeologlar tomonidan bronza davriga oid ayollar zargarlik buyumlari to'plami topildi.

    Zargarlik buyumlari mamlakat shimoli-sharqidagi Turgau kantonida aniqlangan.

    Qadimiy buyumlar taxminan miloddan avvalgi 1500-yillarga tegishli. Zargarlik buyumlardan tashqari qunduz tishi, teshilgan ayiq tishi, o'q uchi, tog' xrustalining, sayqallangan temir rudasining bir nechta bo'lagi, kichik ammonit va toshga aylangan akula tishi topildi.

    Xazina mahalliy havaskor arxeolog Frans Zan tomonidan aniqlangan. U sabzi yig'ib olingan dalada kezib yurgan paytida, haydalgan yerda bir nechta bronzadan yasalgan disklarga ko'zi tushgan. Erkak darrov bu ashyolar tarixiy ahamiyatga ega ekanligini anglab yetgan va kantonning Arxeologiya idorasiga xabar bergan.

    Voqea joyiga mutaxassislar yetib kelib, qazish ishlarini olib borishdi. Ular dafn belgilari yo'qligiga ishonch hosil qilishdi. Xazina, ehtimol, sandiq yoki qopda yashiringan bo'lib, u allaqachon butunlay parchalanib ketgan.

    Topilmalardan bronza davrida “bijuteriya” sifatida, hayvonlarning tishlaridan ehtimol tumor o'rnida foydalanilgan, deb xabar beradi mir24.tv.