Mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi teng huquqli munosabatlargina umumbashariy xavfsizlikni ta'minlaydi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Xitoy xalqlarining Yaponiya tajovuziga qarshi qarshilik ko'rsatish urushi va jahon antifashistik urushidagi g'alabaning 80 yilligi sharafiga parad boshlanishidan oldin aytib o'tdi, deb xabar berdi tass.ru.
“Insoniyatning taqdiri mushtarak. Faqatgina mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi teng huquqli munosabatlar, ahil-inoq yashash umumiy xavfsizlikni ta'minlaydi, urushlarning asl sabablarini bartaraf etadi va tarixiy fojialar takrorlanishining oldini oladi”, dedi Xitoy yetakchisi.