Siberian Wellness: ufqqa qadar bogʻlar va taraqqiyotning yangi ufqlari

    Muxbirimiz bir kunga Sibir brendi jamoasiga qoʻshilib, inson va tabiat uygʻunligini his etdi hamda jamiyatga masʼul, ijtimoiy yoʻnaltirilgan biznes gullab-yashnashi mumkinligini oʻz koʻzi bilan koʻrdi.

    Siberian Wellness — 1996-yili Novosibirsk shahrida tashkil etilgan xalqaro kompaniya. U turli yoshdagi odamlar salomatligini qoʻllab-quvvatlash uchun innovatsion yechimlar, kosmetika, sport va funksional ovqatlanish mahsulotlari hamda parfyumeriya ishlab chiqarish va tarqatish bilan shugʻullanadi. 15 yil muqaddam brend Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochdi va mamlakatga faqatgina mahsulot eksport qilish bilan cheklanmadi. Besh yil avval Namangan viloyatida bogʻlar tashkil etish va ishlab chiqarish majmuasi qurish uchun yer maydoni ajratildi. Bugungi kunda kompaniya Oʻzbekistonda yetishtirilgan sifatli mevalar va konsentratlashtirilgan olma sharbatini ichki va tashqi bozorlarga yetkazib bermoqda.

    Yarim choʻldagi voha

    Press-tur taklifnomasini olganimizda, rasmiy nutqlar va diagrammali taqdimotlarni kutayotgandik. Ammo sayohat Fargʻona vodiysi manzaralari bagʻrida boshlandi. Quyoshda toblangan yerlar orqali uzoq safar bizda Siberian Wellness bogʻining taʼsirini yanada kuchaytirdi: serhosil daraxtlar togʻ tomonga intilgan tartibli qatorlarda saf tortgan. Koʻrilgan manzara haqiqiy ekaniga shubha qolmasligi uchun jurnalistlarga sir ochildi: bunday bogʻni suvsiz yaratib boʻlmasdi. Bogʻdagi ishlar doirasida kompaniya jamoasi yerlarni toshdan tozalash bilan kifoyalanmadi: 12 ta artezian quduq qazildi, 182 000 kubometr suvga moʻljallangan 2 ta zaxira suv havzasi barpo etildi, 800 kilometrlik tomchilab sugʻorish tizimi oʻrnatildi. Har bir daraxtga suv bilan birga mineral ozuqalar aralashmasini yetkazib berish agronomlar tomonidan aniq hisoblanadi, jarayon zamonaviy avtomatika orqali nazorat qilinadi. Tomchilab sugʻorish anʼanaviy usulga nisbatan 50 foizgacha suv tejash imkonini beradi. Bu resursning naqadar qadrli ekanini esa faqat quruq va issiq iqlimda yashovchilargina yaxshi tushunadi.

    Sugʻorish yoʻnalishlari boʻylab harakatlanar ekanmiz, bogʻda parvarishlanayotgan turli mevali oʻsimliklar bilan tanishdik. Bugungi kunda 400 gektardan ziyod maydonda oʻnlab navdagi oʻrik, nektarin, olcha, olma, nok, bodom, uzum, olxoʻri va shaftoli yetishtirilmoqda. Press-tur davomida ana shu mevalarni yigʻishda biz ham ishtirok etdik va yangi dehqonchilik tajribasini his qildik. Daraxtdan uzilgan mevalar shu yerda qurilgan, past haroratda saqlovchi kameralarga ega boʻlgan binoga yetkaziladi. Bunday yondashuv tufayli mahsulot isteʼmolchiga sarxil holda yetib boradi. Yonidagi ofis binosi atrofida esa dorivor oʻsimliklar yetishtiriladi. Shu yerda ishchilar tushlik vaqtida yigʻilishdi. Ular bilan suhbat davomida maʼlum boʻldiki, Siberian Wellness yuzlab mahalliy aholi uchun ish oʻrinlari va ijtimoiy himoya yaratgan, bu esa mintaqa uchun ulkan ijtimoiy masʼuliyat namunasidir.

    Mehmondoʻst vohani tark etishimizdan oldin brend vakillari kelgusidagi katta rejalari haqida gapirishdi. Kompaniya kelajakda mintaqada nafaqat qishloq xoʻjaligini, balki ekoturizmni ham rivojlantirish niyatida. Bunday maqsadlarga ishonch katta, chunki Siberian Wellness ekoloyihalarni amalga oshirish boʻyicha katta tajribaga ega. Kompaniyaning oʻz jamgʻarmasi mavjud, shuningdek, “100 gektar” nomli global iqlim-oʻrmon tashabbusi dunyoning koʻplab mamlakatlaridan koʻngillilarni birlashtirmoqda. Oʻzbekistonda esa “Mening Orol dengizidagi bogʻim” deb nomlangan xayrli tashabbus doirasida kompaniya koʻngillilari ikki yilda Orolning qurib qolgan tubiga 14 220 ta saksovul va 500 ta qurgʻoqchilikka chidamli manzarali daraxtlar ekishga ulgurishdi.

    «Yashil» ishlab chiqarish

    Agar bogʻlar boʻylab ekskursiyada biz suv yoʻlidan yurgan boʻlsak, press-turning navbatdagi qismida olmalarning qayta ishlashgacha bosib oʻtadigan yoʻlini kuzatish nasib etdi. Navbatdagi manzil — ishlab chiqarish majmuasi boʻldi. U yerda birinchi boʻlib ishga tushgan yoʻnalish — olmadan 100 foiz tabiiy konsentratlangan sharbat ishlab chiqarish sexi. Mahsulot eksportga yoʻnaltirilgan boʻlsa-da, biz uni suv bilan aralashtirib, tabiiy taʼmi va foydali xususiyatlarini his qila oldik. Bu — Oʻzbekiston quyoshida pishgan mevalarning mazasi, sifatga boʻlgan eʼtibor va har bir olmadan maksimal foyda olishga yordam beradigan innovatsiyaning oʻzi edi.

    Har kuni zamonaviy avtomatlashtirilgan liniya 80 tonna olmani qayta ishlab, 10 tonna konsentrat hosil qiladi. Ayni paytda sinovdan oʻtayotgan yangi liniya esa 600 tonnagacha oziq-ovqat tolalari va 500 tonna pektin ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Jahonda pektinga boʻlgan talab ulkan. Shu bois, Siberian Wellness ekologik xavfsiz usulga asoslangan texnologiyani tanladi: bugungi dunyo amaliyotida bu kabi yondashuv oʻziga xos boʻlib, yuksak baholanadi.

    Mahalliy ishlab chiqarishda brendning mashhur mahsulotlaridan biri “NovoMin” konveyerdan birinchi boʻlib chiqqan. U Oʻzbekistonda ham talab yuqori boʻlgan afsonaviy mahsulotlardan hisoblanadi. Hodimlarning aytishicha, mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi yondashuv Sibirda ham, Oʻzbekiston, San-Marino va Serbiyadagi zavodlarda ham bir xil: innovatsion tarkib, sifat va tabiatga ehtirom hamisha diqqat markazida. Ular mahsulotning ekologiyaga taʼsiri va uning oʻramiga eʼtibor qaratishadi: mahsulot idishlari, qutilarining deyarli barchasi qayta ishlashga yaroqli.

    Faktlar va raqamlar

    Press-tur boshida kutilayotgan grafik va jadvallar bilan ham tanishdik. Biz faqat taassurotlar bilangina emas, balki ahamiyatli raqamlar va faktlar bilan ham boʻlishamiz.

    Birinchi navbatda, albatta, sifatga eʼtibor berilgan.

    Siberian Wellness bogʻlari Global G.A.P. xalqaro standarti boʻyicha sertifikatlangan boʻlib, bu qishloq xoʻjaligida toʻgʻri amaliyotlar standarti hisoblanadi. Kompaniya bu sertifikatga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi eng yirik subyekt sanaladi. Bu esa mahsulot xavfsizligi, sifati va ekologik tozaligiga kafolatdir.

    Ishlab chiqarish klasteri esa FSSC 22000 va ISO 14001 standartlari asosida sertifikatlangan boʻlib, xavfsizlik va ekologik menejment sohasidagi yuksak darajani tasdiqlaydi. Mahsulot turlarining asosiy qismi “Halol” (HALAL) sertifikatiga ega boʻlib, u MDH, Turkiya, Arab koʻrfazi mamlakatlari, Malayziya va Indoneziya standartlariga javob beradi. Bu, shubhasiz, Oʻzbekiston isteʼmolchilari uchun juda muhim fakt hisoblanadi.

    Ikkinchi jihat — koʻlam va internatsionallik. Namangan bogʻlaridagi 325 000 tupdan ziyod daraxt koʻchatlari nafaqat Oʻzbekiston, balki Fransiya, Ispaniya, Avstraliya va AQSH dan olib kelingan. Ularni parvarishlovchi agronomlar asosan mahalliy mutaxassislar, chunki ular mahalliy iqlim va tuproqni boshqalardan yaxshi biladi. Fransiya va Ispaniyadan jalb etilgan xalqaro ekspertlar esa jamoaga organik bogʻdorchilik boʻyicha sayyoramizning turli nuqtalaridan oʻzlashtirilgan bilim va tajriba ulashmoqda. Ishlab chiqarishda asosan mahalliy fuqarolar, shuningdek, Sibirdan kelgan mutaxassislar ham faoliyat olib borishmoqda.

    Nihoyat, brend statistikasidagi eng muhim raqam — 100. Bu — 100 foiz tabiiylik, 100 foiz sifat nazorati va, eng muhimi, 100 foiz fidoyilik ortidan keladigan 100 foiz ishonch. Biz suhbatlashgan har bir inson ishiga butun vujudi bilan berilib ishlayotganini his qildik. Mana shu ruh — ishonch uygʻotadi. Ishonch nafaqat mahsulot samarasiga, balki ulkan rejalarni amalga oshirayotgan jamoaga va Siberian Wellness kabi umumiy qadriyatlar atrofida birlashgan odamlarga nisbatan ham ortmoqda.

    Телефон: (+998 90) 999 40 04

    Сайт: uz.siberianhealth.com

    Instagram: @siberianwellness_uzbekistan

    Telegram: @swuzbekistan

    Reklama huquqi asosida