Sidneydagi savdo markazida noma'lum erkak tomonidan qilingan hujum oqibatida besh kishi hayotdan ko'z yumdi

    Sidney chekkasida joylashgan savdo markazidagi odamlarga pichoq bilan qilingan hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo'ldi. Bu haqda mahalliy televidenie orqali Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi vakili ma'lum qildi.

    Politsiya vakilining so'zlariga ko'ra, hujum uyushtirgan shaxs yolg'iz harakat qilgan, uning maqsadi noma'lum. Hujum uyushtirgan shaxs yo'q qilingan.

    Tez yordam xizmati avvalroq hujum qilganlar ikki kishi bo'lganini, ulardan ikkinchisi qochib ketganini, politsiya uni qidirayotganini ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi tass.ru.