Sifati kafolatlanmagan dori inson salomatligi uchun jiddiy xavf

    Xavfsizlik 15 Yanvar 2021 600

    160 million soʻmlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarining noqonuniy savdosi toʻxtatib qolindi.

    Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Doʻstlik tumanida Sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan tibbiyot buyumlarini yurtimizga qingʻir yoʻllar orqali olib kirish holatga chek qoʻyishdi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumondor fuqaro oʻrnatilgan tartibda kuzatuvga olindi. Kuzatuv jarayonida ushbu fuqaro hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 160 million soʻmlik tibbiyot buyumlarini shartli xaridorga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyapti, deb xabar beradi Davlat bojxona ыщmitasi matbuot xizmati.