Jumladan:

  • Tog‘-kon va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Maqsud Bolibekov eng namunali rahbar xodim;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Mo‘minov eng namunali ma’muriy xodim;
  • «O‘zatom» agentligi bosh mutaxassisi Shokhmirzo Umarov eng namunali mutaxassis xodim;
  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva eng namunali ayol xodim;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi loyiha ofisi rahbari Akbarxon Sobirkhonov eng namunali iste’dodli yosh xodim;
  • Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirsaid Rahmatov inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘olib bo‘ldi.

Prezidentimiz barcha g‘oliblarning lavozimlarini bir pog‘ona ko‘tarib, rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi. Ularning teran fikrlashi, o‘z ustida doimiy ishlashi, mehnat faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy qilishi boshqalar uchun o‘rnak ekani ta’kidlandi.

«Bugungi tadbirda yaxshi natija ko‘rsatganlarni e’tirof etyapmiz. Biroq kelgusi safardan boshlab ro‘yxatning oxirida qolgan davlat idoralari nomini ham ochiq aytamiz.

Faoliyatida jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgan, samaradorlik va xizmat sifati bo‘yicha oqsayotgan tashkilotlar bundan o‘ziga jiddiy xulosa chiqarishi kerak», – dedi Prezidentimiz.