Laboratoriya tahlillari xulosasiga koʻra, 15 ta AYOQSHda Ai-92 va Ai-95 markali sotilgan benzinlar sifatsiz ekani maʼlum boʻlgan.
Xususan, Samarqand viloyatining 12 ta xizmat koʻrsatuvchi shoxobchalari — “GULOBOD OIL SERVICE”, “RUSTAM GAZ OIL”, “AZAMAT GAZ SERVIS”, “JONIBEK MOBILE”, “SAMARQAND LADA”, “KUTFI BOBO”, “SAM MEGA PETROLEUM”, “ECO STANDART SERVICE”, “BOGʻIZAGʻON ABDUGAFFOR”, “GULOBOD GAZ SERVIS”, “SHUXRAT”, “RAVOT GAZ SOY” kabi oʻnlab MCHJlar nomlari keltirib oʻtilgan.
Shuningdek, Fargʻona viloyatining “FERNOVAGAZ” MCHJ, Surxondaryo viloyatining “BEK BARAKA 777” XK va Namangan viloyatining “XONABOD 2000” xizmat koʻrsatuvchi shoxobchalarining benzinlari ham sifatsiz ekani maʼlum boʻldi.
Mazkur nazorat xaridlari natijasida yuqorida nomlari keltirilgan xizmat koʻrsatuvchi shoxobchalar tomonidan isteʼmolchilarga 201 mln soʻmdan ortiq zarar yetkazilganligi aniqlangan.
15 ta xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan oʻrnatilgan tartibda ish qoʻzgʻatilgan.