Sifatsiz benzin sotayotgan AYOQSHlar aniqlanishi davom etmoqda

    Toshkent shahridagi 2 ta AYOQSHda sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda davlat standart talablariga mos kelmasligi maʼlum boʻlgan.

    “Oʻzenergoinspeksiya” AYOQSHlardagi sifatsiz benzin sotilishining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

    Xususan, Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “S.G.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92 va AI-95-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmas(sifatsiz)ligi maʼlum boʻldi.

    Bu kabi holat Shayxontohur tumanida joylashgan “E.O.P.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham aniqlandi.

    Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.