баннер
27 Apr 2025
02:01

    Sifatsiz benzin sotgan AYoQSHlarga chora koʻrildi

    Raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida sotilayotgan avtobenzin yuzasidan nazorat tadbiri oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida viloyatda faoliyat olib boruvchi “Blac gold energy” MCHJ (AI-92 hamda AI-95 markali) hamda “Safjmax oil” MCHJ (AI-92 markali)larda sotilayotgan yuqori oktanli avtobenzinlardan olingan namunalarning sifat tahlil natijalari davlat standarti talablariga mos emasligi aniqlandi.

    Shuningdek, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan “Happy oil” MCHJga qarashli AYoQSHda sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin yoqilgʻisidan olingan namunalari Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasida tekshirilganda, mazkur markali avtobenzin sifatsiz ekanligi aniqlangan.

    Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan 3 ta xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, jami 22 mln soʻmga yaqin pul mablagʻlarini isteʼmolchilarga qayta hisob-kitob qilish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech